Xizmat.uz · Yangilangan / Обновлено: 2026-09-11

Maxfiylik siyosati

Ushbu Maxfiylik siyosati Xizmat.uz mobil ilovasi va veb-sayti (keyingi o‘rinlarda — «Xizmat.uz», «Ilova», «Biz») foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini qanday yig‘ishimiz, ishlatishimiz, saqlashimiz, uzatishimiz va himoya qilishimizni tushuntiradi. Xizmat.uz — O‘zbekiston hududida xizmat va ish e’lonlari bozoridir: katalog orqali usta yoki buyurtmachini topasiz, keyin chat yoki qo‘ng‘iroq qilasiz. Ilovadan foydalanish yoki hisob ochish orqali siz ushbu siyosatga rozilik bildirasiz.

1. Ma’lumotlar operatori

Operator: Xizmat.uz xizmatini yurituvchi jismoniy shaxs (xususiy dasturchi). Hozircha ro‘yxatdan o‘tgan kompaniya, MCHJ yoki YaTT yo‘q. Aloqa: yusufjonovakhmad@gmail.com. Kelajakda yuridik shaxs ochilsa, ushbu band yangilanadi.

Biz shaxsiy ma’lumotlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonun, hamda Google Play va App Store talablari asosida qayta ishlaymiz.

2. Qanday ma’lumotlarni yig‘amiz

Hisob: ism, elektron pochta va/yoki telefon raqami, shahar, tuman, profil surati (ixtiyoriy), til sozlamasi.

Kirish usuli: email/parol, telefon (SMS kodi), Google hisobi yoki Apple hisobi. Provayder ism va emailni bizga uzatishi mumkin.

Mutaxassis profili: kasb, yo‘nalishlar, tajriba, o‘zi haqidagi matn, narx, ish namunalari, aloqa usuli (qo‘ng‘iroq, chat yoki ikkalasi), ixtiyoriy telefon va xarita nuqtasi.

E’lonlar: sarlavha, tavsif, yo‘nalish, shahar/tuman, byudjet, suratlar, ixtiyoriy joylashuv, aloqa usuli.

Muloqot: chat xabarlari, qo‘llab-quvvatlash yozishmalari, xabar o‘qilganligi, onlayn holat va oxirgi faollik vaqti. Bu belgilar faqat yozishma qatnashchilariga ko‘rinadi.

Sharh va reyting: matn, yulduzcha, kim yozgani. Sharh odatda ilovada suhbatdoshga haqiqiy chat xabari yuborilgandan keyin qoldiriladi va katalogda ko‘rinadi.

Moderatsiya: shikoyatlar, bloklangan foydalanuvchilar ro‘yxati.

Saqlangan qidiruvlar va sevimlilar (qurilmada yoki hisobingizda).

Fayllar: profil, e’lon va portfolio suratlari (bulutli saqlash).

Bildirishnoma tokeni — yangi xabar yoki e’lon haqida push yuborish uchun.

Texnik va tahlil: qurilma/platforma, ilova versiyasi, autentifikatsiya identifikatori, hodisa nomi (masalan, e’lon yaratish, qidiruv), xato matni. Reklamani shaxsiylashtirish uchun kuzatuv tarmoqlaridan foydalanmaymiz.

Joylashuv: faqat siz xaritada nuqta tanlasangiz yoki ruxsat bersangiz. Fon rejimida joylashuv yig‘ilmaydi.

3. Qaysi ma’lumotlar ommaga ochiq

Katalogdagi usta profili va ochiq e’lonlar boshqa foydalanuvchilarga ko‘rinadi: ism, shahar, kasb, narx, reyting, suratlar, tavsif.

Aloqa usuli «Qo‘ng‘iroq» yoki «Har ikkisi» bo‘lsa, telefon raqamingiz boshqa foydalanuvchiga ko‘rinishi mumkin. Faqat «Chat» tanlansa, telefon katalogda ko‘rsatilmaydi.

Elektron pochta, parol, push-token, tahlil jurnallari va yopiq chat ommaga ochilmaydi.

4. Ma’lumotlardan qanday foydalanamiz

Hisob yaratish, kirish va shaxsni tasdiqlash.

Katalog, qidiruv va shahar/reyting bo‘yicha tartiblash.

Foydalanuvchilar o‘rtasida chat, qo‘ng‘iroqqa yo‘naltirish va bildirishnomalar.

Sharhlar, shikoyatlar, bloklash, firibgarlikka qarshi choralar va texnik yordam.

Xizmatni yaxshilash (qisqartirilgan tahlil) va qonuniy majburiyatlarni bajarish.

5. Uchinchi tomon va xorijga uzatish

Ma’lumotlar Google xizmatlarida (hisob, baza, fayllar, bildirishnomalar) saqlanadi va O‘zbekiston tashqarisida, jumladan Yevropada, qayta ishlanishi mumkin. Google siyosati: https://policies.google.com/privacy

Kirish: Google (https://policies.google.com/privacy) yoki Apple (https://www.apple.com/legal/privacy/). SMS kodi uchun telefon operatoringiz ham ishtirok etadi.

Xarita (ixtiyoriy): Apple Maps yoki Google Maps — ruxsat berganda.

Biz shaxsiy ma’lumotlarni sotmaymiz va reklama tarmoqlariga bermaymiz. Qonun talab qilsa yoki xizmatni ko‘rsatish uchun zarur bo‘lsa (yuqoridagi provayderlar), uzatish mumkin.

6. Bildirishnomalar

Push-bildirishnoma uchun qurilma tokenini saqlaymiz. Qurilma sozlamalarida bildirishnomani o‘chirib qo‘yishingiz mumkin. Hisob o‘chirilganda token ham o‘chiriladi.

7. Tahlil va xato jurnallari

Ilova hodisalari va xatolar hisobingizga bog‘lab, xizmatni tuzatish uchun saqlanishi mumkin. Reklama identifikatorlari yig‘ilmaydi.

8. Saqlash muddati

Hisob faol bo‘lgan davrda saqlanadi.

Hisob o‘chirilganda: profil, ommaviy sahifa, sevimlilar, bildirishnomalar, tahlil/xato yozuvlari, siz yozgan va sizga yozilgan sharhlar, shikoyatlaringiz, e’lonlaringiz va shaxsiy fayllar o‘chiriladi.

Boshqa foydalanuvchi bilan qolgan suhbatda xabarlaringiz anonimlashtiriladi. Qonun talab qilgan yozuvlar bundan mustasno bo‘lishi mumkin.

9. Sizning huquqlaringiz

Kabinetda profilni ko‘rish va yangilash.

Rozilikni qaytarib olish: hisobni o‘chirish orqali qayta ishlashni to‘xtatish.

Ma’lumotlaringiz haqida savol, tuzatish yoki o‘chirish so‘rovi: yusufjonovakhmad@gmail.com

O‘zbekiston qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa huquqlar.

10. Hisobni o‘chirish

Google Play va App Store talabiga muvofiq hisobni o‘chirish mumkin. Amalni bekor qilib bo‘lmaydi.

Ilovada: Kabinet → «Hisobni o‘chirish».

Veb: https://xizmat-1c2f9.web.app/delete-account — ilovaga kira olmasangiz, hisob emailidan yozing. So‘rov odatda 7 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

11. Bolalar

Xizmat.uz 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga mo‘ljallanmagan. Bola ma’lumotlari aniqlansa, o‘chiriladi.

12. Xavfsizlik

Aloqa shifrlangan (HTTPS), kirish himoyalangan. Mutlaq xavfsizlikni kafolatlab bo‘lmaydi. Shubhali kirish yoki ma’lumot oqishini sezsangiz, darhol yusufjonovakhmad@gmail.com manziliga yozing.

13. Veb-sayt va cookie

Huquqiy sahifalar (maxfiylik, shartlar, hisobni o‘chirish) statik matndir; reklamachi cookie qo‘ymaymiz. Hosting provayderi texnik jurnal (IP, brauzer) saqlashi mumkin.

14. O‘zgarishlar

Siyosat yangilanishi mumkin. Muhim o‘zgarishlar haqida ilova yoki veb orqali xabar beramiz. Yangilangan sana yuqorida ko‘rsatiladi. Davom ettirish yangi tahrirga rozilik hisoblanadi.

Shartlar: Foydalanish shartlari · Hisobni o‘chirish